Toshkentda sumalakli konfetlar tayyorlandi
17-mart kuni «Hangar» madaniyat markazida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida «Qand Heritage» milliy kolleksiyasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Oshpaz Bahriddin Chustiy va shokoladchi Saidakmal Vahobov xon saroylarida an’anaviy dasturxonga tortilgan sharqona shirinliklarning unutilgan qadimiy retseptlarini mualliflik talqinida taqdim etdi.
To‘plam muallifining ta’kidlashicha, «Qand» premium shokolad brendi asoschisi, o‘zbek xalqining an’analari va samimiy mehmondo‘stligi ramzi bo’lgan Navro‘z bayrami O‘zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi mahsulot yaratish uchun katta jamoani birlashtirdi.
Saidakmal Vahobov
Biz qadimiy an’analarni o‘zida mujassamlashtirib, ajdodlarimiz tarixi va merosidan eng yaxshisini olib, uni yangi va zamonaviy ko’rinishga keltirishga harakat qildik", — dedi u. — Milliy kolleksiyada shokoladning to’rt xil ta’mi mavjud: klassik holva, guruch unidan tayyorlangan oq Buxoro holvasi, oq kunjut kozinaklari va an’anaviy o’zbek pashmaki.
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan nostandart ziyofat mehmonlari uchun qozonda tayyorlangan sumalakli shokoladlar alohida syurpriz bo‘ldi.
Saidakmal Vahobov va Bahriddin Chustiy
Bu joy, bu yerdagi atmosfera bizga yangi g’alabalar uchun qayerdan ilhom olish kerakligini yaqqol ko’rsatayotgandek. Aynan bizning merosimizdan, — deydi hamkorlikning ikkinchi ishtirokchisi «o‘zbek Jeymi Oliver"i, brend oshpazi Bahriddin Chustiy.