G‘afur G‘ulom bog‘i qanday o‘zgardi? — Dream Park`dan fotolar

E’lon qilingan sana· 1 570
G‘afur G‘ulom bog‘i qanday o‘zgardi? — Dream Park`dan fotolar

“O‘zbekiston komsomolining 40 yilligi” madaniyat va istirohat bog‘i 1967-yilda Chilonzor tumani qurilishi chog‘ida barpo etilib, poytaxtdagi ikkinchi yirik bog‘ga aylandi. 90-yillarda u Mirzo Ulugʻbek nomidagi bogʻ, keyinchalik Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻga oʻzgartirildi.

O‘tgan yilning kuzida G’afur G’ulom bog’i uzoq davom etgan rekonstruksiya va yangi attraksionlarni o‘rnatish jarayonlaridan so‘ng, yangi — Dream Park nomi bilan ochildi. Hozir ham u kattaligi bo‘yicha faqatgina Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘dan kichikroq.

Bog’ning qiyofasini yaxshilash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shashlik tayyorlanadigan barcha rastalar va joylar olib tashlandi. Buning o‘rniga obodonlashtirishga katta e’tibor qaratildi: daraxtlar saqlanib qolindi, sug‘orish tizimi to‘liq yangilandi.

Bog’da yopiq kabinalar va konditsioner tizimiga ega zamonaviy aylanma charxpalak o’rnatildi.

Bog' hududida joylashgan ikkita ko’l to’liq rekonstruksiya qilindi. Ulardan birida plyaj zonalari yaratiladi: bu yerda suzish, qayiq va katamaranlarda sayr qilish mumkin. «Bublik» deb nomlangan joyga esa o’rdak va oqqushlar joylashtirildi.

Bog’dagi o’zgarishlarni quyidagi fotolavhalarda ko’rish mumkin.