Umumxalq xayriya hashari 18-martga ko‘chirildi

E’lon qilingan sana· 217
Umumxalq xayriya hashari 18-martga ko‘chirildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, 11-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumxalq xayriya hashari 18-martga ko‘chirildi. Bu haqdagi hukumat qarori 10-mart kuni qabul qilindi.

Qaror tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish zarurati bilan asoslandi. Shuningdek, 11-mart ish kuni ekanligi sababli shunday qarorga kelingani aytilmoqda.

Navro‘zda dam olish kunlari uzoq bo‘lishi (ish haftasining davomiyligiga qarab ketma-ket 4 yoki 5 kun) tufayli 11 va 25-mart shanba kunlari ish kuniga aylanishi haqida avvalroq yozgan edik.

Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.