“Qo'yliq” bozori yonidagi metro bekati 8 kunga yopiladi
E’lon qilingan sana: · 148
Metropoliten matbuot xizmatining xabar berishicha, avtomobil yo‘l estakadasida qurilish ishlari yakuniy bosqichi olib borilayotganligi munosabati bilan metroning yer usti aylanma yo‘nalishining («Qo‘yliq») yettinchi bekati 11−18-mart kunlari vaqtinchalik yopiladi.
Poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» va oltinchi bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Oltinchi va yettinchi bekatlar oralig‘ida esa avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.