11-mart kuni mamlakat bo'ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 159
11-mart kuni mamlakat bo'ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston bo‘ylab 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Hashar «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.