Boiler Room O‘zbekistonda ilk bor kechki bazm o‘tkazadi

E’lon qilingan sana· 2 332
Boiler Room O‘zbekistonda ilk bor kechki bazm o‘tkazadi

Boiler Room — bu faqat taklifnoma asosida borish mumkin bo’lgan, yopiq, asosan elektron musiqalardan iborat afsonaviy kechki bazmlar seriyasidir. Ularda eng yaxshi dunyo va mahalliy musiqachilarning jonli ijrolari yozib olinadi. Bunday bazmlarda Thom Yorke, Carl Cox, Erykah Badu, Jamie xx, Nina Kraviz va boshqa ko’plab elektron musiqa yulduzlari ishtirok etishgan.

Boiler Room allaqachon 50 ta davlatda bo’lib o’tgan va ilk bor O’zbekistonga bo’ladi.

Birinchi tadbir 19-mart kuni soat 17:00 dan 23:00 gacha Toshkent viloyatidagi «Quyosh instituti"da massiv parabolik quyosh reflektori fonida o‘tkaziladi. Shu kuni mahalliy elektron musiqachilar Jozef Tumari, Kebato, Mary Breslavets, Sabine va Xyarim chiqish qiladi.

Ertasi kuni Toshkentdagi Xalq va amaliy san’at muzeyida tushdan keyin ansamblga xos an’anaviy cholg‘u asboblarida chaladigan sozandalar chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Ular orasida: Azizbek Qalandarov, G’ulomjon Muhamedjonov, Javxarbek Ismoilov, Mansur Ahmedov, Otabek Sobirjonov, Toir Qo’ziyev chiqish qilishadi.

Tadbirlarga kirish bepul, lekin yuqorida aytib o’tilganidek, faqat taklifnoma bilan kirish mumkin. Arizani bu yerda yuborishingiz mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish, oʻtkazish va boshqa masalalar boʻyicha barcha tafsilotlarni shu yerda yoki bu yerda topishingiz mumkin.