O'zbekistonliklar Navro'z bayrami munosabati bilan besh kun dam olishadi

E’lon qilingan sana· 273
O'zbekistonliklar Navro'z bayrami munosabati bilan besh kun dam olishadi

Navro‘zda o‘zbekistonliklar ish haftasining davomiyligiga qarab ketma-ket to‘rt yoki besh kun dam olishadi, biroq bunda hisobga olinishi kerak bo'lgan ba'zi jihatlar bor.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun 20-mart (dushanba) va 22-mart (chorshanba) kunlari qo’shimcha ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi.

Haftada besh kun ishlaydigan xodimlar uchun esa dam olish kunlari quyidagicha ko’chiriladi:

  • 11-mart shanbadan 20-mart dushanbaga o’tkaziladi;
  • 25-mart shanbadan 22-mart chorshanbaga o’tkaziladi.

Shunday qilib, haftasiga 6 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar 19-martdan 22-martgacha dam oladi.

Besh kunlik ish haftasiga ega boʻlganlar esa 18-martdan 22-martgacha dam oladi, ammo 11 va 25-mart shanba kunlari ish kuni boʻladi.

Bundan tashqari, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram va ishga chiqilmaydigan kun hisoblanadi.