Subway fast-food tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

E’lon qilingan sana· 148
Subway fast-food tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Subway`ning birinchi nuqtasi Tashkent City Mall savdo markazida yaqin oylarda ochiladi.

AQShning Subway fast-food restoranlar tarmog‘i yaqin orada O‘zbekistonda o‘z muassasalarini ochishga hozirlik ko‘rmoqda. Subway`ning birinchi nuqtasi qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan Tashkent City Mall`da ochiladi.

Alhokair Fashion Retail kompaniyasi vakillari Tashkent City Mall’ga tashrif buyurishdi. Hamkorlarimiz food&beverage bo‘limi hududini ko‘zdan kechirib, Subway tez ovqatlanish restorani hamda Cinnabon qahva va shirinliklar oshxonasini ochish uchun lokatsiyalarni tanladi", — deyiladi xabarda.

Bugungi kunda Subway dunyodagi eng yirik tez ovqatlanish tarmog’i hisoblanadi. Kompaniya tomonidan sotiladigan asosiy mahsulot turli xil sendvichlardir.