Magic Aquarium`ning ichkaridan ko'rinishi qanday va u yerda nimalarni ko'rish mumkin?

Afisha muharrirlari Toshkentdagi birinchi okeanariumga tashrif buyurishdi va bu yerda 100 000 so‘mga nimalarni ko‘rish mumkinligi haqida so’zlab berishadi.
Keling, boshlashdan oldin spoyler qilamiz: akvarium haqiqatan ham katta, bu yerda chindan ham akulalar bor, delfinlar esa yo’q va bu yerda juda qiziq manzaralarni ko’rishingiz mumkin.
Okeanariumda 12 ta tematik zal mavjud
Magic Aquarium — bu okeanarium va terrariumni o’z ichiga olgan ulkan kompleks. Bu yerda 12 ta zal mavjud bo’lib, ularning har biri o’z mavzusiga, dizayniga ega va ular daryo yoki dengiz aholisini ifodalaydi.
Kirish qismi Gavayi mavzusida yaratildan va chiptalar kassasi plyajdagi barga o’xshaydi. Oyog’ingiz ostiga qarang — bu yerda sizni yer osti terrariumi kutmoqda.
Turniket yonida shift ostida ulkan tishli akula osilgan — bolalar buni ko’rib bir zumda hayratda qolishadi. Devorda navigatsiya xaritasi va unga qo’shimcha ma’lumotlar keltirilgan. Tushunish mumkinki, bu yerda bizni haqiqiy sarguzasht kutmoqda: tarix, geografiya va biologiyaga sho’ng’iymiz.
Birinchi zal Orol dengizi, eng qadimgi chuchuk suv baliqlariga bag’ishlangan. Bu yerda 45 000 litr suvga ega ochiq akvarium o’rnatilgan bo’lib, shisha qalinligi taxminan 6 sm. Bu akvariumdagi eng nozik oynalardan biri ekanligini bilib olmaguningizcha, bu manzara sizning ko’zlaringizni quvnatadi.
Keyin biz suv oqimning tinchlantiruvchi tovushlarini eshitamiz — bu Amazon zonasi: atrofda ko’k o’tlar, uslub berilgan sharshara, neon baliqlar… Bir nechta ochiq akvariumlar va terrariumlar mavjud. Siz bu yerda piranya balig’i, xameleon, yashil piton, vasilisk ilonini va uning chigirtkalar bilan oziqlanayotganligini ko’rishingiz mumkin.
Keyin biz uchta ochiq akvariumli keng zalda paydo bo’lib qolamiz — vaqt o’tishi bilan bu yerda skatlarga ozuqa sotib olib, maxsus qo’lqop kiygan holda qo’lda ovqat berish, dengiz yulduzini ushlab ko’rish mumkin bo’ladi. Shu bilan birga, siz “qanotlarini qoqib” suv ustida parvoz qilayotgan skatlarning harakatlarini tomosha qilib, bundan bahramand bo’lishingiz mumkin. Devorlarga e’tibor bering: chap tomonda — haqiqiy o’lchamdagi kit skeleti, skat va ular haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Keyingi zal g’orlarga bag’ishlangan. Bu yer bolalar yashirinishlari, yoriqlarda suratga tushishlari mumkin bo’lgan ko’rinishda yaratilgan. Yuqoriga qarang: sizning tepangizda gitara-baliqlar suzib yuribdi. Bu skatlarning kichik turi hisoblanadi. Gitara-baliqlariga bu nomni inglizlar va amerikaliklar, uning ushbu musiqa asbobini eslatuvchi tana shakliga qarab qo’yishgan. Avstraliyada ushbu skat banjo akulasi deb ataladi va fransuzlar esa uni “dengiz skripkasi” deb nomlashadi. Ular hali kichkina — ularning kattalari 3 metrga yetadi.
Bu yerda bir nechta qavariq dumaloq akvariumlar mavjud bo’lib, ularga qarasangiz, siz yorqin suv osti dunyosini ko’rasiz. Ko’rinishidan qutini eslatuvchi quti-baliq, shoxli va yashil ko’zli chiroyli baliq — sigir-baliq, it baliqlari, quyon baliqlari va boshqa ko’plab baliqlar ham bor. Shuningdek, ulkan yarim doira shaklidagi akvarium ham mavjud bo’lib, unda “yosh juftlik” yashaydi — bir juft muren baliqlari, ularning uzunligi bir metrdan oshadi. Akvarium ichidagi barcha bezaklar funksionaldir va ushbu baliqlarning qulay yashashi uchun zarurdir.
Bolalar uchun zal “Nemoni izlab” multfilmi uslubida yaratilgan: Disney va PIXAR durdonalarining qahramonlari qo’lda bo’yalgan devorlar, ichida masxaraboz baliq va Dori balig’i — ya’ni Hind-Tinch okeanlari suvlaridan ko’k qirollik jarroh balig’i suzib yurgan akvarium — go’yoki akvariumga qo’l uzatib ularni ushlayotgandek bo’lasiz. Siz masxaraboz baliqlarni akvarium ichidan tomosha qilishingiz mumkin. Yo’q, buning uchun unga sho’ng’ishingiz shart emas: akvariumda yarim doira shaklidagi joy bor. U bolalar uchun mo’ljallangan, lekin kattalar ham sig’ishi mumkin. Biroz nariroqda — bo’yni o’lchaydigan tasvirlardan iborat fotozona mavjud. Bu yerda antiqa belanchak ham bor: unga o’tirib, siz qaysi dengiz aholisi bilan bir xil vazn toifasida ekanligingizni bilib olasiz.
Keyingi maydon pirsga o’xshaydi — siz zinapoya orqali ko’tarilib, baliqli ochiq akvarium ustiga chiqishingiz mumkin.
Keyin biz okean tubiga sho’ng’iymiz va o’zimizni cho’kib ketgan Argo kemasi ichida yurgandek his qilishimiz mumkin. Yo’qolgan xazinalar, xarobalar ustida suzayotgan skatlar va akulalar… Ushbu akvarium oynasining qalinligi 14 sm, og’irligi 3,5 tonna. Kema ortidan cho‘kib ketgan suv osti kemasi keladi: bu yerda ko‘k qisqichbaqalar sizning e’tiboringizni tortadi. O’ng tomonda interaktiv o’yinlar va dengiz chuqurligi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega ekranlar mavjud.
Yana bir oz yurib, tunnelga yaqinlashamiz. Bu so’nggi tendensiyalarga boyicha yaratilgan va butun manzara dunyodagi ko’plab okeanariumlardagi kabi bir metr balandlikdan emas, balki polning o’zidanoq boshlanadi. Ovozli hamrohlik, yorug’lik, aks-sado atmosferasini yaratadu va ta’riflab bo’lmas taassurot qoldiradi.
Tunneldan keyin o’ng tomonda 1022 tonna suvga ega ulkan akvarium joylashgan. Ushbu akvariumning bitta oynasining og’irligi 6,5 tonna, qalinligi 22 sm, o’rnatish uchun maxsus kran kerak bo’lgan. Bu yerda bir necha turdagi skatlar yashaydi, bir nechtasi — hatto homilador ham edi. Aytgancha, bir qancha vaqt oldin akvariumda bitta skat bolasi tug’ilgan.
Sayohat meduzalar va lazer nurli zal bilan nihoyasiga yetadi. Chiqishda esa esdaliklar do‘konini topasiz. Loyiha mualliflarining aytishicha, suvenirlar ham buyurtma asosida tayyorlanadi.
Yana bitta qiziqarli ma’lumot: okeanariumdagi suvning tarkibi nazorat qilinadigan alohida laboratoriya mavjud bo’lib, bu yerda olib kelingan jonivorlar karantinga olinadigan bir nechta akvariumlar va har bir tur uchun maxsus oziq-ovqatlar saqlanadi. Okeanarium jonivorlari kuniga taxminan 40 kilogramm ovqat iste’mol qilishadi.