Azim va ulug‘vor Samarqandda yangi PODIUM Department Store ochilmoqda

Samarqandda yangi moda maydoni – Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida PODIUM Department Store ochilmoqda.
PODIUM yangi darajaga chiqmoqda va Oʻzbekistonning turistik hamda tarixiy yuragi — Samarqandda o‘z makonini ochmoqda. Yangi joylashuv Silk Road Samarkand noyob turistik maskanidan o‘rin oladi. Ushbu katta miqyosdagi loyiha qadimiy Buyuk ipak yo‘li ruhiyatini aks ettirgan holda, O‘rta Osiyoning yangi diqqatga sazovor zamonaviy qismiga aylanadi.
Kompleks hududida 17 gektar maydonda qad rostlagan tarixiy maydon — Boqiy shahar o‘ziga xos o‘ringa ega boʻlib, u yerda tor ko‘chalar, hunarmandlar rastalari va qadimiy saroylar kabi me’moriy obidalar mehmonlarni sharq ertaklari muhitiga chorlaydi. Bu yerda moviy gumbazlar, an’anaviy mozaikalar va salobatli minoralarni ko‘rish, turli davrlarga oid milliy taomlardan bahramand boʻlish va nafaqat Samarqandning balki hududning boshqa buyuk shaharlari madaniy merosi bilan ham tanishish mumkin.
Uslub tarix bilan kesishadigan makon
Yangi PODIUM Samarkand — oddiy butik emas, balki bu yerda jahon modasi hududning tarixiy hashamati bilan uyg‘un kelgan konseptual makondir. Uning dizayni zamonaviy ko‘rgazmalar zali gʻoyasidan ilhomlangan boʻlib, u yerda noyob muhitni yaratadi. Shuningdek, klassika va futurizm kesishmasini koʻrish mumkin.
Me’morchilik asosida — granit, beton, to‘q rangli metall uyg‘unligi yotadi va bu makonga o‘ziga xoslikni bagʻishlaydi, ko‘kish ko‘zgular hamda jiloli laklar esa chuqurlik, nafislikni ifodalaydi. Interyer sof geometrik hoshiyalar, nur va soya kontrastiga asoslangan. Chiziqli yog‘du esa har bir to‘plam yangi ohangni aks ettiradigan ko‘rgazma maydoni effektini yaratadi.
Global fashion — Oʻzbekistonning tarixiy markazidagi tajriba
PODIUM Samarkand’da zamonaviy uslubning rang-barangligini aks ettiruvchi 40 dan ortiq xalqaro brend — klassik nafislikdan tortib, sport minimalizmi va erkin casual’gacha namoyish etiladi. Bu makonda moda an’analar va yangi ta’sirlar, global trendlar va mahalliy kolorit o‘rtasidagi bogʻlovchi bo‘g‘inga aylanadi.
PODIUM o‘z oldiga — Samarqandda estetika, sifat va uslubni bogʻlovchi jahon darajasidagi shopingning noyob muhitini yaratish kabi ulkan maqsadlarni qo‘ymoqda.
Department Store ochilishi haqida to‘liq lavhani keyingi xabarlarda o‘qish mumkin. Unga qadar Instagram’da yangilanib boriladigan postlarni kuzatib borish mumkin.
Sayt: podium.uz
Facebook: fb.com/PodiumSamarkand
Instagram Podium Samarkand: @podium.samarkand
Instagram Podium Tashkent: @podium.tashkent
Reklama huquqlari asosida.