PANTONE 2025-yil rangini tanladi
PANTONE ranglar instituti 2025-yil rangini e’lon qildi. U “Mocha Mousse 17−1230” deya nomlanadi. Ushbu rang taqdimoti Angliyadagi “London koʻzi” deya ataladigan charxpalak bazasida boʻlib oʻtdi. Bundan tashqari, Joybird, Motorola, Libratone, Spoonflower, IPSY va Ultrafabrics brendlari bilan kolloboratsiyalar taqdim etildi.
PANTONE versiyasiga ko‘ra, aynan shu rang inson his-tuyg‘ularini zavq va nafosat olamiga olib o‘tadigan xotiralarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, “PANTONE 17−1230 Mocha Mousse"ning jigarrang tusi kakao, shokolad va qahvani eslatadi hamda odamlarning qulaylikka bo‘lgan intilishini namoyish etadi.
2025-yil rangi nafislik va tabiiy nafosat bilan to‘lib-toshgan bo‘lib, jozibaga ega va o‘zining hissiy iliqligi bilan maqtana oladi. “Mocha Mousse PANTONE 17−1230” o‘zining organikligi bilan ajralib turadi, atrof-muhit bilan birlashib ketadi. Zamonaviylik talablari va goʻzal ijod o‘rtasidagi uyg‘unlik hamda muvozanatni topadi.
Rang haqida koʻproq ma’lumotni PANTONE veb-saytida bilib olish mumkin.
Yil rangini e’lon qilish an’anasi 2000-yilda boshlangan. Pantone ma’lumotlariga koʻra, yil rangi deb, jahon madaniyatida eng koʻp koʻzga tashlanayotgan narsalar rangi tanlanadi. Bu umumiy kayfiyatni ifodalaydi va dunyoda sodir boʻlayotgan narsalarni ranglar tiliga (optimizm bilan) tarjima qilish imkonini beradi. 2023-yilgi rangi malinali-qizil Viva Magenta edi. Bu jasorat, energiya va optimizmning ramzi boʻlgandi.