“Balenciaga” «скотч» shaklidagi bilaguzukni taqdim etdi
E’lon qilingan sana: · 139
“Balenciaga” modalar uyi yopishqoq tasma ruloni shaklidagi “Gaffer Bangle” bilaguzukni taqdim etdi. Bu haqda “Independent” nashriga tayanib, “Spot” xabar berdi.
Bilaguzuk moda uyining yangi kuz-qish 2024/2025 kolleksiyasidan aksessuar hisoblanadi. “Balenciaga” har bir uyda topiladigan kundalik buyumni olib, uni hashamatli moda bayonotiga aylantirdi, deb yozadi nashr.
Ta’kidlanishicha, “Gaffer Bangle” bilaguzugi 3000 yevroga turadi.
“Gaffer Bangle” deb nomlangan yopishqoq tasmali bilaguzuk kundalik buyumlarning moda tushunchalari bilan yonma-yon turishini anglatadi.