Sumka-smartfon: Honor Magic V Purse ommaga taqdim etildi
Iyul oyida Xitoy bozorida debyut qilgan yig‘iluvchi Honor Magic V2`ning global taqdimoti chog‘ida kompaniya mutlaqo yangi smartfon — Honor Magic V Purse’ni taqdim etdi. Uning asosiy xususiyati telefonni ayollar sumkasi ko’rinishiga keltirishga imkon beruvchi dizayner aksessuarlari va dinamik fon rasmlariga egaligidir.
Honor qurilmani olib yurishning noodatiy usulini o’ylab topdi — sumka ko’rinishida. Buning uchun korpusga metall tasmani bog’lash taklif etiladi. Dizaynning zamonaviyligiga Always On Display rejimidagi tematik ekran fonlari, shuningdek, smartfonning oq va oltin korpusi javob beradi. Misol uchun, smartfon egasi yurayotgan paytda ekranda harakatlanib turadigan zanjirli devor foni mavjud.
Magic V Purse dizayni Huawei Mate Xs 2`ni eslatib yuboradi — smartfonni ochish uchun yon ramkadagi tugmani bosish kerak. Smartfonning narxi va chiqarilish sanasi e’lon qilinmagan.