Toshkentda nima modada? Uzbekistan Fashion Week 2023 toʻrtinchi mavsumi yakunlari

E’lon qilingan sana· 1 284
Toshkentda nima modada? Uzbekistan Fashion Week 2023 toʻrtinchi mavsumi yakunlari

13-may kuni Toshkentda Uzbekistan Fashion Week`ning to‘rtinchi mavsumi boshlandi va bu shiddatli tarzda jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Tashkilotchilar asosiy e’tiborlarini ekologiyaga qaratishdi — dizaynerlarni tanlashda tabiatga zarar yetkazmaydigan kolleksiyalar yaratuvchi ijodkorlarga ustunlik berildi.

Namoyishlarning aksariyati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi ochiq maydonda bo‘lib o‘tdi. Moda haftaliklari turli maqsadlarda o’tkaziladi: yosh dizaynerlarga o’zlarini ifoda etish imkoniyati beriladi, podium va qizil gilam uchun tasvirlar yaratiladi, kundalik hayot uchun kolleksiyalar namoyish etiladi. Ammo ko’pincha bunday tadbirlar o’zingiz va brendingizni ommaga taqdim etish uchun platformaga aylanadi. Bu mavsum dasturidan ham bir vaqtning o’zida ham taniqli brendlarning, ham yoshlarning shoulari joy olgan edi.

Nihoyat, dizaynerlar odatdagidek bir xil tipdagi uslublardan tashqariga chiqishdi. Yosh dizaynerlar Parijda o’z ishlarini taqdim etish uchun kurashdilar. Shunday qilib, Commence tanlovida Shaxnoza Matmuratova g‘olib chiqdi.

Birinchi kun doirasida Azukar Moreno va marokashlik mehmon MaisonArtc o‘z kolleksiyalarini taqdim etdilar. Kamola Rustamova sayohatdan ilhomlangan tarzda kolleksiya yaratdi — ko‘ylaklar va liboslarda dengiz qirg‘og‘idan topilgan chig’anoqlardan tugma sifatida foydalanilgan.

MaisonArtc — Artsi Ifra tomonidan asos solingan yangi Marokash brendi hisoblanadi. Uning kolleksiyalari moda san’at, so’z erkinligi, kiyim-kechakdan ko’proq narsa ekanligini tasdiqlaydi. Dizaynerning asosiy ilhom manbai bu milliy liboslardir. U an’anaviy kiyimlarni qayta ko’rib chiqdi, uni yanada qulay, dolzarbroq va o’ziga xos qilib qayta yaratdi.

Birinchi kun muhokamalarga sabab bo’ldi: Oath, Cosmo Dinas, Sevinch Muhlisa Muazza va Yanguraz Upcycling brendlari o’z kolleksiyalarini namoyish etdi. Oxirda keltirilgan brendlar shov-shuv qilishga qaror qilishdi va manekenchini yubkada chiqarishdi — ko’rinish yuqori darajadagi pank uslubida edi. UFW direktori Dilnoza Umirzoqova Kun.uz nashriga bergan izohida ta’kidlaganidek, bu ko‘rinishni kolleksiya dastlab ko‘rilayotgan paytda qiz kiygan edi. Kulgili va ayni paytda qayg’uli fakt: manekenchi hammaning esida qoldi, lekin dizaynerning ismini eslab qolishmadi.

Moda ham san’at kabi, har bir kishiga o’zicha ko’rishga imkon beradi: chiroylimi yoki aksincha — buni har kim o’zi hal qiladi. Bu har bir tomoshabinning tasavvuri va shaxsiy qarashlariga bog’liq.

Nafaqat dizaynerlar, balki mehmonlar ham bir-biridan qildi. Namoyishlardan biri bo’layotgan paytda to’satdan ba’zi tomoshabinlar o’z joylarini oddiy o’rindiqlardan podiumning o’rtasida joylashgan VIP o’rindiqlarga almashtirishga qaror qilishdi. «Butun dunyo kutib turaversin», — degandek bo’ldi go’yo. Modellar esa to’xtab turishga majbur bo’lishdi. Biroz vaqt o’tgach, huddi shu ishni takrorlagan holda ular u joyni ham tark etishdi.

15-may kuni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida Uzbekistan Fashion Week-2023 moda haftaligi doirasida moda haftaligi dizayneri va direktori Dilnoza Umirzoqovaning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Kolleksiya bloger Nodira Abdurahmonova bilan hamkorlikda yaratilgan.

Bu uyda yozuvchi Abdulla Qodiriyning o‘zi istiqomat qilgan joyni tanlashdan tortib, Anor x Nadi to‘plamining har bir elementida milliy o’ziga xoslik kuzatildi. Kolleksiya 25 ta ayollar va 10 ta erkaklar ko’rinishini o’z ichiga oldi — ularning barchasi buvilar va onalarning sandig’idan topilgan vintaj matolardan yaratilgan. Ushbu yondashuv Moda haftaligining to’rtinchi mavsumining asosiy motivi — ekologiyani asrash g’oyasini aks ettirdi.

18-may kuni bo‘lib o‘tgan UFW23 yopilish marosimi Aral Dream loyihasi bilan esda qoldi. U Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan bo’lib, avvalroq Parijda taqdim etilgan. Tadbirning ushbu qismi qisqa metrajli film va namoyishdan iborat bo’ldi.

Rejissyor Rustam Meliyev va operator Jahongir Ibrohimov Salty Lives nomli filmni suratga olishdi. Unda qoraqalpog‘istonlik ayollar ishtirok etgan.

Dizaynerlar Anor, LALI, Moel Bosh, Art Ansar, Shaxzoda Muxammedovalar ushbu loyiha uchun birgalikda yaratgan to’plamni namoyish etishdi. U ko’k ranglarda mujassamlangan. Asosiy vazifa jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi, Orolbo‘yi va Qoraqalpog‘iston aholisining ekologik halokatiga qaratish edi.

Birinchi va ikkinchi kun reportajini tomosha qiling.

Afisha tahririyati Uzbekistan Fashion Week direktori Dilnoza Umirzoqova, jurnalist Nikita Makarenko, dizaynerlar va tadbir mehmonlari sharhlaridan iborat videoreportaj tayyorladi — uni YouTube kanalimizda tomosha qilish mumkin.

Ирина Перова
Muallif
Ирина Перова