Lola, Azukar Moreno va marokashlik mehmon MaisonArtc: Toshkentda Uzbekistan Fashion Week 2023`ning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 16 617
Lola, Azukar Moreno va marokashlik mehmon MaisonArtc: Toshkentda Uzbekistan Fashion Week 2023`ning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi

13-may kuni Toshkentda Uzbekistan Fashion Week`ning to‘rtinchi mavsumiga start berildi. Tashkilotchilar e’tiborni ekologiyaga qaratishgan — dizaynerlarni tanlashda tabiatga g’amxo’rlik qilish omili ustunlik qildi. Moda haftaligi doirasida mahalliy va xorijiy dizaynerlar, ekologiya faollari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Birinchi kun “O‘zbek modasi tarixi” ma’rifiy loyihasini o‘z ichiga oldi — mehmonlar O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan to‘plangan XVII-XVIII asrlarga oid tarixiy paranjilar kolleksiyasi bilan tanishdilar.

14-may kuni Yoshlar ijod saroyida qizil gilam yoyilgan tantanali kecha va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydonda modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Azukar Moreno o‘z kolleksiyasini taqdim etdi va marokashlik dizayner MaisonArtc maxsus mehmon bo‘ldi.

Uzbekistan Fashion Week 2023`dan fotoreportajni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ирина Перова
Muallif
Ирина Перова
Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin