Anons

"Oʻzingdan oʻzinggacha" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 111
"Oʻzingdan oʻzinggacha" koʻrgazmasi

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida Saboxon Maxkamovaning “Ustoz va shogird” yoʻnalishidagi “O‘zingdan o‘zingacha” nomli ko‘rgazmasi boʻlib oʻtadi.

Saboxon Maxkamova — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ta’sarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rassomlik bo‘limi rangtasvir mutaxassisligi bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Xalqaro an’anaviy Tasviy va amaliy san’at festivali doirasida o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazmada Saboxon Maxkamova milliy urf-odat, an’analarga tayangan holda o‘zlikni namoyon etish haqidagi tushuncha va tasavvurlarini o‘z asarlari orqali ifodalagan.

Ekspozitsiyasiyada o‘quvchilarning turfa xildagi asarlari bilan bir qatorda “Noyob topilma”, “Fasllar aro” nomli instalatsiya asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval