Oʻzbekiston zargarlik buyumlari yarmarkasi 2025

CAEx koʻrgazmalar majmuasida zargarlik sanoatining zamonaviy uskunalari, texnologiyalari va zargarlik buyumlari ikkinchi Xalqaro koʻrgazmasi Oʻzbekiston zargarlik buyumlari yarmarkasi 2025 boʻlib oʻtadi.
2023-yil may oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan koʻrgazma ishtirokchilar va 3000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar tomonidan eʼtirof etildi. Xususan, ko‘rgazma davomida 50 dan ortiq mahalliy va xorijiy korxonalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanib, 100 million dollardan ortiq zargarlik buyumlari sotildi.
Mintaqada 90 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi zargarlik sanoati markaziga aylanish yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Ayni paytda O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha yetakchi o‘nta davlat qatoriga kiradi. Mamlakatimiz qonunchiligida zargarlik sanoati vakillari uchun ham qulay shart-sharoitlar, xususan, qimmatbaho metallarni bevosita shartnomalar va birja savdolari orqali sotib olish imkoniyati yaratilgan.
Havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Murojaat uchun (+998) 33−700−7033, (+998) 99−887−1031 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish lozim.
- 23dan 25-maygachaCAEx UzbekistanToshkent, Миллий бог ko‘ch., 1