Qozogʻistonda Tansiqboyev ijodiga bagʻishlangan 40 yil ichidagi ilk katta koʻrgazma oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 269
Qozogʻistonda Tansiqboyev ijodiga bagʻishlangan 40 yil ichidagi ilk katta koʻrgazma oʻtkaziladi

Qozogʻistonning Olmaota shahridagi Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyida “Oʻrol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Qayd etilishicha, koʻrgazma 2025-yil 19-martdan 1-iyungacha davom etadi. Ushbu tadbir O‘rol Tansiqboyevning soʻnggi 40 yil davomidagi ilk keng ko‘lamli koʻrgazmasi hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, ekspozitsiyada O‘zbekiston va Qozog‘iston muzeylari sara toʻplamlariga mansub, usta ijod yoʻlining barcha bosqichlarini qamrab olgan 78 ta asar taqdim etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling