Anons
"Fargʻona arabeskalari" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 417

Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Fargʻona arabeskalari” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Ushbu ko‘rgazma Farg‘ona vodiysining boy merosi va an’analarini aks ettiruvchi amaliy san’at olamiga sayohatga chorlaydi.
Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarni nimalar kutmoqda:
- Nargiza Sherxodjayevaning noyob so‘zanalari — farovonlik va uyg‘unlik ramzi bo‘lgan an’anaviy naqshinkor qo‘l mehnati;
- Alisher Nazirovning kulolchiligi san’ati;
- Rasuljon Mirzaaxmedov va Ibrohim Sultonovlar tomonidan yaratilgan milliy matolari;
- Ilhom Davletovning qo‘lda to‘qilgan gilamlari;
- Zokir G‘ofurov va Hasan Umarovning kandakorlik san’ati;
- Mirzayunus Umarov, Mahamatali Yunusov, Jamshid Madgalimovlarning yog‘och o‘ymakorligi,
Koʻrgazma ochilish sanasi: 18-mart, soat 17:00.
Kirish narxi — 10 000 soʻm.
- 18-martdan 19-aprelgachaTasviriy san'at galereyasi (NBU)Toshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2