Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi oʻtkazildi

2025-yil 10-mart kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan Parij shahrida joylashgan “Intercontinental” mehmonxonasida O‘zbekiston-Fransiya turizm forumi va “O‘zbekiston — Ipak yo‘lining durdonasi” taqdimoti tashkil etildi.
Qayd etilishicha, tadbirdan maqsad O‘zbekiston va Fransiya tadbirkorlari o‘rtasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mamlakatga turistik oqimni oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, “O‘zbekiston — Ipak yo‘lining durdonasi” taqdimotida Oʻzbekistonning turistik infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar va turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Fransiyadagi biznes vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “B2B” uchrashuvlari doirasida ishbilarmonlik aloqalari oʻrnatilgan, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va turistlar oqimini oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishilgan.
Shuningdek, Fransiya sayyohlik kompaniyalari vakillari forum doirasida tashkil etilgan taqdimot orqali hududlarida barpo etilgan yangi turizm maskanlari, yangilangan infratuzilmalar va madaniy meros obyektlari bilan tanishdi.