Anons

"Bir maktab – turfa nigoh" fotokoʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 394
"Bir maktab – turfa nigoh" fotokoʻrgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida “Bir maktab — turfa nigoh” nomli fotokoʻrgazma boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazma “Ustoz-Shogirdʼʼ anʼanasiga asoslangan boʻlib, undan fotorassom va fotojurnalist Husniddin Atoning shogirdlari — Dilruh Isomiddinova, Madina A’zam, Xolida Musulmon, Kamron Hasanov, Ezoza Umr, Fazilat Soib, Mumtozbegim, Marvarida Isroil, shuningdek eshitish imkoniyati cheklangan fotosuratchilar— Murod Yusuf, Gulnoza Adham hamda Mariya Malinovskayalarning turli yoʻnalishdagi sara foto asarlari, shuningdek, Husniddin Atoning Parij 24 Paralimpiya o‘yinlaridagi eng sara asarlari oʻrin olgan.

Ochilish marosimi 11-dekabr 17:00 da boʻlib oʻtadi.

Kirish bepul.