Anons

"Mening qahramonlarim" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 367
"Mening qahramonlarim" koʻrgazmasi

27-noyabr kuni soat 17:00da Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasining haqiqiy a’zosi, O‘zbekiston xalq rassomi Sobir Rahmetovning “Mening qahramonlarim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi.

Rassomning 70 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada muallifning 50 dan ortiq asarlari namoyish etiladi.

Sobir Rahmetov rangtasvirida janr chegaralarining aniqligi klassik tarzda yaqqol ko‘zga tashlanadi. U uning ijodiy olamiga har bir inson va umuman jamiyat uchun hozir juda zarur bo‘lgan barqarorlik tuyg‘usini olib kiradi. Bundan tashqari, aniq janr tizimi bu ijodkorga to‘sqinlik qilmaydi, uning imkoniyatlarini cheklamaydi. U janrlarning qonunlari va chegaralarini yaxshi bilgani uchun ham o‘zini ularning har birida erkin his qiladi va bemalol ifodalaydi. Rassom yaratgan portretlarda bu janrning sofligini ko‘rish, uning mo‘yqalami bilan inson qalbiga yetib borishini his etish kishini hayratga soladi.

Har qanday odam — keksa yoki yosh, dehqon yoki haykaltarosh, yosh qiz yoki katta ayol — rassomning suratlaridan o‘z qalbining betakror tarixini aytib beradi, tomoshabinlarga ochib beradi. Bunday jarayonning sabablarini tushuntirish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasdan, tomoshabin e’tiborini Rahmetov ijodiga qaratmoqchiman, chunki u inson, uning tashqi va ichki go‘zalligi birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan noyob portretchilardan biridir.

Rassom yaratgan portretlar qatorida odamlar har xil ko‘rinsa-da, ularda doimo bitta narsa — tasvirlanayotgan odamning shaxsiga hurmat, u bizga, zamondoshlarga olib keladigan ma’naviy dunyoga ehtirom saqlanib qoladi.

Rahmetov portretlarining o‘ziga xos xususiyati — umid, orzu ohangining aniq jaranglashidir. Amalga oshgan yoki amalga oshmagan. U go‘yo qahramonlarining kattalar qiyofasidagi bolalarchaligini ta’kidlayotgandek, har bir kishida bor bo‘lgan haqiqiy, yo‘qolmagan narsani izlayotgandek bo‘ladi. Bu jihatni taqdirlar yakuni, hayot natijasi va tajribasi bilan uyg‘unlashtirib, ijodkor teran falsafiy, tahliliy obraz yaratadi.

Rahmetov rangtasvirining xilma-xil obrazlari: yozuvchi G‘afur G‘ulom portreti, haykaltarosh Azamat Hotamov, bastakor va qo‘shiqchi Yunus Rajabiy, aktyor Asanali Ashimov, rassomning o‘z avtoportretlari va boshqa ko‘plab asarlarida ijodkorlik qobiliyati namoyon bo‘lgan. Hayotimizni yuksak ma’naviy nur bilan yorituvchi bu sirli uchqun rassom uchun insondagi barcha sirlar ichida eng jozibali bo‘lib qoladi.

Kirish bepul.