Anons

“Uchar likopcha uchuvchisi yoki Korovinaning 35 durdona asari” koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 63
“Uchar likopcha uchuvchisi yoki Korovinaning 35 durdona asari” koʻrgazmasi

Toshkentdagi Fransuz alyansida grafik rassom Mariya Korovinaning “Uchuvchi likopcha uchuvchisi yoki Korovinaning 35 durdona asari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mariya Korovina — taniqli grafik rassom, miniatyurachi va vitraj ustasi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida oʻtkazilgan koʻrgazmalar ishtirokchisi. U Toshkent shahrining vitrajli arxitektura obyektlari: Senat, Davlat konservatoriyasi, Uspenskiy kafedral sobori va boshqalarni loyihalashda ishtirok etgan.

Mariyaning asarlari Yevropa, Rossiya, Xitoy, Hindiston va AQShda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

Ko‘rgazma ochilish marosimi 25-sentyabr kuni soat 16:00 da boʻlib oʻtadi.

Kirish bepul.