Anons

"Raqamli kuz: istiqbolni o‘zgartirish" nomli badiiy VR asarlar festivali

E’lon qilingan sana· 79
"Raqamli kuz: istiqbolni o‘zgartirish" nomli badiiy VR asarlar festivali

Toshkentdagi Fransiya alyansida (AFT) “Raqamli kuz: istiqbolni o‘zgartirish” nomli badiiy VR-asarlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda uchinchi bor “Digital Autumn” (“Raqamli kuz”) festivali tashkil etilmoqda. O‘zbekistondagi festival tashkilotchilari — Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Fransiya alyansiva Fransiya instituti Less Media Group agentligi va MOC ijodiy markazi bilan hamkorlikda, VRonica kompaniyasining texnik yordamida — tomoshabinlarga fransuz mualliflarining eng yorqin va tajribaviy VR asarlarini kashf etish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yil Toshkentda VR ko‘rsatuvlari 2024-yil 14−22-sentyabr kunlari Cinema Love mustaqil kinofestivali bilan birgalikda o‘tkaziladi.

Bu yilgi festival dasturining asosiy g‘oyasi va birlashtiruvchi mavzusi — “Qarash”. Virtual voqelik yangi vosita sifatida tomoshabinlarga ko‘pincha boshqa odam o‘rnida, o‘zlari uchun imkonsiz bo‘lgan vaziyatlarda yoki boshqa zamon va makonda noyob tajribani boshdan kechirish imkonini beradi. Bu tomoshabinga qarashni o‘zgartirish, dunyoni boshqacha nuqtayi nazardan ko‘rish imkonini beradi va bu yil festival doirasida tomoshabinlarga shunday imkoniyatni taqdim etuvchi badiiy VR asarlari namoyish etiladi.

“Raqamli kuz” festivali dasturi 11 ta immersiv asarni, shu jumladan bir nechta muhim mintaqaviy premyeralarni taqdim etadi. Festival dasturiga Fransiyaning yetakchi “Atlas V” studiyasi tomonidan yaratilgan va 2023-yilda Venetsiya xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi yutuq” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Imperator” kabi muhim VR loyihalar kiritilgan. Shuningdek, Toshkentda 2023-yilgi Xalqaro Venetsiya kinofestivalida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissyor Adrian Lokmanning “Oqim” nomli animatsion qisqa metrajli filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Barcha asarlar Fransiyaning yetakchi VR studiyalari tashabbusi bilan yoki ular bilan hamkorlikda yaratilgan.

Namoyish vaqti:

  • 14-sentyabr soat 18:00 dan 20:00 gacha;
  • 15-sentyabr soat 12:00 dan 22:00 gacha;
  • 16-sentyabr soat 18:00 dan 22:00 gacha;
  • 17-sentyabr soat 18:00 dan 22:00 gacha;
  • 18-sentyabr soat 18:00 dan 22:00 gacha;
  • 19-sentyabr soat 18:00 dan 22:00 gacha;
  • 20-sentyabr soat 18:00 dan 22:00 gacha;
  • 21-sentyabr soat 16:00 dan 22:00 gacha;
  • 22-sentyabr soat 16:00 dan 22:00 gacha.

VR-dagi oxirgi seans soat 21:00da boshlanadi.

Chipta narxiga virtual reallik ko‘zoynaklarida asarlarni tomosha qilish uchun 45 daqiqalik vaqt ajratilgan. Ko‘pchilik VR asarlari ingliz yoki fransuz tillarida taqdim etilgan. Batafsil ma’lumotni joyida tashrif buyuruvchilarga dastur va VR uskunalari bilan yordam beradigan mediatorlardan olish mumkin.

Chiptalar narxi: 30 000 so‘m.
Tavsiya etilgan tomoshabin yoshi: 16+.

Havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.