Anons

"Wildlife Photographer of the Year Academy" ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 130
"Wildlife Photographer of the Year Academy" ko‘rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida “Wildlife Photographer of the Year Academy” dasturiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.

Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu dastur mashhur fotojurnalist Klaus Nigge rahbarligida tabiat va fotosuratga qiziquvchi o‘smirlar uchun ishlab chiqilgan.

Ko‘rgazmada yosh iste’dodlarning tabiatga bo‘lgan o‘ziga xos nigohini aks ettiruvchi fotosuratlarini tomosha qilish mumkin.

Koʻrgazma 10:00dan 17:00gacha ishlaydi (dushanba — dam olish kuni).

Kirish bepul.