“O‘zbekiston ayollari. Еvrilish" koʻrgazmasi
Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida “O‘zbekiston ayollari. Еvrilish” fotokoʻrgazmasi oz ishini boshladi.
“O‘zbekiston ayollari. Еvrilish” — turli tarixiy davrlarda ayollar hayotining rang-barangligini va ularning jamiyatga ta’sirini ochib beruvchi noyob loyiha.
1920 — yillarda ayollar erkinlik yoʻqligi va toʻliq qaramlikka qarshilik sifatida paranjilarini tashlashdi, bu ayollar ozodligining ilk qadamlari edi, shuningdek bu holat gender tengligi uchun asos yaratdi. O‘sha davrning mashhur jadidlari — M. Qori, M. Behbudiy, A. Qodiriy, H. Niyoziy, A. Fitrat, A. Cho‘lponlar o‘z asarlarida ayollar huquqlarini himoya qilish muammosini ko‘tarish g‘oyasini ilgari surganlar.
Ayollarning ta’lim darajasi juda muhim omil, zero ayollar “xalq tarbiyachi"laridir va millatning kelajagi bevosita ularning ta’lim darajasiga bogʻliqdir. Keyinchalik oʻzbek ayollari hayotini oʻzgartirish maqsadida “Hujum” harakati tashkil etildi. Xotin-qizlar endi nafaqat oila posboni, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachi, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol ishtirok eta boshladilar.
Ko‘rgazma O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar Milliy arxivi hamkorligida amalga oshirildi.
Koʻrgazma ekspozitsiyasi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
1920−1930 yillar: Yangi jamiyat qurilishi
- Ayol shifokorlar, muhandislar va oʻqituvchilar hayotiga nazar.
- Oʻsha davrdagi kiyim va aksessuarlar.
1940−1950 yillar: Ulug 'Vatan urushi va tiklanish yillari.
- Frontdagi
- Qahramonlik lahzalari va kundalik hayot.
1960−1970 yillar: Modernizatsiya va sanoatlashtirish
- Ijtimoiy hayotning turli sohalarida ayollarning rolini oshirish.
- Moda va uslub.
1980−1990 yillar: Sovet Ittifoqining parchalanishi va mustaqil davlatlarning shakllanishi davri
- Tadbirkor ayollar: birinchi qadamlar.
- Kino, musiqa va adabiyotda ayollar obrazining evolyutsiyasi.
2000−2016 yillar: Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti
- Biznes, madaniyat va siyosatdagi ayollar.
- Oʻzbekistonning zamonaviy ayollari fotolarda.
Koʻrgazmaga kirish narxlari:
- Oʻzbekiston fuqarolari uchun — 10 000 soʻm;
- xorijliklar uchun — 50 000 soʻm.
- Sana27-avgustdan 27-sentabrgacha