Anons

“Turon sirlari” koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 250
“Turon sirlari” koʻrgazmasi

Bonum Factum galereyasida oʻzbek rassomlarining “Turon sirlari” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazmada mif va rivoyatlar rassomlarning ijod namunalari orqali jonlantiriladi va namoyish etiladi, qadimiy voqealarga zamonaviy san’at prizmasidan qarash imkoni yaratiladi.

Buyuk Turon o‘zining gullagan davrida chegaralari Mo‘g‘ulistonning markaziy qismidagi Xingan tog‘laridan Vengriya yerlarigacha cho‘zilgan afsonaviy o‘lka boʻlib, tadqiqotchilar uchun sirligicha qolmoqda. Qadimgi “Shohnoma” va “Avesto” matnlarida Turon shaharlari, muhtasham bog‘lari, afsonaviy qahramonlari tasvirlangan. Tur, muqaddas buqa kuch va ma’budlar bilan mistik aloqani anglatadi.

Oltin, kumush, po‘lat, bronza, temir, shisha va kuloldan qilingan yetti devor bilan o‘ralgan qadimiy Qang‘ davlatining poytaxti mangu yoshlik va farovonlik maskani edi. Donishmandlar Turonning qayta tiklanishini bashorat qilgan.

Koʻrgazmada ishtirok etayotgan rassomlar: Fayzulla Ahmadaliyev, Shaxnoza Abdullayeva, Gʻofur Qodirov, Farrux Axmadaliev, Jamshid Chorshanbiyev, Diyor Roziqov, Sanjar Jabborov, Nuriddin Rasulov, Mohira Mullajonova, Isomiddin Eshanqulov, Sirojiddin Ahmedov, Tamila Bismazova, Serafim Dim.

Koʻrgazmada rassomlarning barcha rasmlarini xarid qilish mumkin.

Koʻrgazma ish vaqti: 12:00 dan 20:00 gacha, seshanbadan yakshanbagacha.
Dushanba va juma dam olish kuni.

Kirish narxi: 15 000 soʻm.
Koʻrgazmaning ochilish kunida kirish bepul.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−232−0360.