Anons

"Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 1 176
"Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi

Tashkent City Mall`ning ikkinchi qavatida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan yangi multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Unda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib beriladi. Ekspozitsiya O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.

Koʻrgazma har kuni soat 10:00dan 22:00gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.

Kirish narxlari:

  • dushanba, seshanba, chorshanba kunlari — 40 000 soʻm;
  • juma, shanba va yakshanba kunlari — 60 000 soʻm;
  • payshanba kuni kirish bepul va jonli navbat bilan amalga oshiriladi;
  • maktab oʻquvchilari, talabalar va pensionerlar chipta kassasida chipta sotib olayotganda — 50% chegirma
  • maxsus maktablar va internat oʻquvchilari uchun kirish bepul;
  • 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga kirish bepul.

Chiptalarni xarid qilish.

    • Sana
      18-iyuldan 1-dekabrgacha
      Joy
      Tashkent City Mall
      Toshkent, Батыра Закирова ko‘ch., 7