Toshkentda "Jadidlar. Turkistonga maktublar” yangi multimedia ko‘rgazmasi ochilmoqda
Ekspozitsiyada jadidlar faoliyatini ko‘rsatib beruvchi koʻplab noyob tarixiy hujjat, buyum va ashyolar taqdim etilgan.
18-iyul kuni Toshkentdagi City Mall’da “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan yangi multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Unda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib beriladi. Ekspozitsiya O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.
“Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi uchun savdo markazida 1400 kv.metrdan ortiq maydonga ega alohida joy ajratilgan.
“Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi keng jamoatchilik diqqat-e'tiborini Markaziy Osiyo tarixining muhim bobiga qaratishga qaratilgan. Jadidchilik bu yerda XX asr boshlarida vujudga kelgan peshqadam harakat sifatida mintaqa taʼlim tizimini tubdan isloh qilishda muhim rol oʻynagan.
“Yangi multimedia ko‘rgazma loyihasi jadidlar haqidagi ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlar uchun yangi, tushunarli va qulay shaklda qabul qilishga yordam beradi. Biz tarixni barcha avlod vakillari uchun ochiq va qiziqarli bo‘lishiga intilamiz toki tashrif buyuruvchilar jadidchilikning ahamiyati va uning zamonaviy dunyoga ta’siri haqidagi tasavvurlari boyisin”, — Gayane Umerova, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi.
Ko‘rgazmada bir nechta bo‘limlar mavjud bo‘lib, unda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev tomonidan saralab to‘plangan arxiv materiallari yordamida tashrif buyuruvchilarga uch tildagi tasviriy va ovoz qurilmalari taqdim etiladi.
Ta’kidlanishicha, ekspozitsiyada jadidlar faoliyatini ko‘rsatib beruvchi noyob tarixiy hujjat, buyum va ashyolar taqdim etilgan.
Ssenografiya va ovozli hikoya jadidlar tarixi, ularning ma’rifat va milliy istiqlol yo‘lidagi orzu-umidlari mujassam multimedia proyeksiyalari orqali taqdim etilgan va jadidchilik davri talabalari haqida hikoya qiluvchi beshta solnomaviy va mavzuga aloqador hududlarga bo‘lingan.
Ko‘rgazmada jadidlar davriga oid nodir arxiv materiallari: maktublar, maqolalar va fotosuratlar ham namoyish etiladi. Ularning aksariyati ilk bor jamoatchilik e’tiboriga havola qilinmoqda.
Ko‘rgazma 18-iyuldan boshlab har kuni