Samarqandda Orol dengiziga bag‘ishlangan koʻrgazma ochildi

E’lon qilingan sana· 1 806
Samarqandda Orol dengiziga bag‘ishlangan koʻrgazma ochildi

28-aprel kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi “Art Rezidensiya"da Orol dengiziga bag‘ishlangan “Qumdagi izlar” nomli ko‘rgazma ochildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Ma’lumot uchun, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida Latviya, Gruziya, Misr, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyadan kelgan hamda mahalliy rassomlar Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoqda bo‘lishdi. Safar davomida ular Orol dengizi hududidagi ko‘rgan-kechirganlarini suratlarga muhrlashdi.

Ko‘rgazmada ana shu rassomlarning turli janrlardagi 30 ga yaqin suratlari o‘rin olgan.

Shuningdek, “Art Rezidensiya” binosi hovlisida Janubiy Koreyalik rassom Kveon Djeongchan tomonidan chizilgan bir paytlar Orol dengizida yashagan akula va tiriklik dunyosi suratini ham ko‘rish mumkin.

Ko‘rgazma iyul oyigacha davom etadi.