Anons

Tashkent Fashion & Textile Expo koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 15
Tashkent Fashion & Textile Expo koʻrgazmasi

“O‘zekspomarkaz"da Tashkent Fashion & Textile Expo xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar taklif etilgan xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, moda va mahsulotlar namoyishlaridan bahramand boʻlishadi.

Tashkent Fashion & Textile Expo — turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar ishtirokidagi to‘qimachilik sanoatidagi tadbir. Koʻrgazmada mato, aksessuarlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma doirasida ushbu mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatida ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etiladi.

Kirish bepul.
Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 99−885−2347.

  • Sana
    29dan 31-yanvargacha
    Joy
    O'zekspomarkaz
    Toshkent, Amir Temur sh. k., 107