“Tabiat va Men” ko`rgazmasi
O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Rassom Qo`chqorboy Akbarovning «Tabiat va Men» nomli ilk shaxsiy ko`rgazmasi ochildi.
Rassom ijodi o`zgacha. U tabiat bilan juda ko`p so`zlashadi. Ayniqsa, eng sevimli mashg`uloti bo`lgan baliq oviga chiqqanda yanada yaqinroq bo`ladi. Uning «Ovchilik» natyurmortlari, «Qirg`ovul, o`rdak va botqoqlik qushlari», «Ko`lda qushlar bozori', «Ov sahnasi» asarlarida ajoyib bir sarguzashtni tomosha qilayotgandek bo`ladi. Rassom faqatgina chizmaydi, balki, chuqur his etadi.
Rassomning eng sara ishlari O`zbekiston Davlat San`at muzeyida saqlanib kelmoqda. Shu bilan birga Fransiya, Gollandiya, Malayziya davlatlarida ham asarlari shaxsiy kolleksiyalardan o`rin olgan.
Kirish bepul.
- Sana23-noyabrdan 3-dekabrgacha