Anons

“Ipak yo‘lida turizm – 2023” yarmarkasi

E’lon qilingan sana· 76
“Ipak yo‘lida turizm – 2023” yarmarkasi

“O‘zEkspomarkaz"da “Ipak yo‘lida turizm — 2023” (TITF-2023) 28-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yarmarka 1995 yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)`ning rasmiy ko’magida o’tkazib kelinmoqda. Har yili ko’rgazmada butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislari yig’iladi.

TITF 2023 ko‘rgazmasida nafaqat turistik mahsulotlar, balki sayohat g‘oyalari ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Yarmarka sessiyalar, konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlarni o’z ichiga olgan forumdan iborat, unda sohaning so’nggi tendensiyalari bilan tanishish va yangi g’oyalarni joriy qilish mumkin. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar mahalliy gastronomiya, san’at va hunarmandchilik bilan tanishishlari mumkin.

Bulardan tashqari, TITF 2023 koʻrgazmasida koʻplab davlatlar, jumladan, Singapur, Koreya, Chexiya, Fransiya, Gruziya, Malayziya, Tailand, Rossiya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.

Qo’shimcha ma’lumot olish va ro’yxatdan o’tish uchun havola orqali o’tish talab etiladi.

Kirish bepul.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−129−0990.

  • Sana
    15dan 17-noyabrgacha
    Joy
    O'zekspomarkaz
    Toshkent, Amir Temur sh. k., 107