Anons

“Jasorat va hamdardlik” nomli ko‘rgazma

E’lon qilingan sana· 137
“Jasorat va hamdardlik” nomli ko‘rgazma

Bonum Factum galereyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi imzolanganining 75 yilligiga bag‘ishlab “Jasorat va hamdardlik” (“Смелость и эмпатия”) nomli sayyor ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada 1932-yilda O‘zbekistonda bo‘lgan Ella Mayyar hamda M.Penson, P.Kildushev, Kotlyarovskiy, Dubinskiy, B.Shuxatovich kabi o‘zbek fotosuratchilarining 35 dan ortiq asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning zamonaviy rassomlari Viktor An, Serafima Dim, Sanjar Jabborov va Diyora Razikovaning asarlari ham namoyish etiladi.

Ella Mayyar birinchi shveytsariyalik yozuvchi ayol va sayohatchi, g’arb fotografi bo’lib, u 1930-yilda Sovet Ittifoqiga bir necha marta, jumladan, 1932 yilda Sovet Markaziy Osiyosiga yetti oylik sayohat qilgan.

Dinamik hujjatli fotografiya ustasi va qiziqarli hikoyachi uyiga qaytgach, “Samoviy tog‘lardan Qizil qumlarga, Tyan-Shandan Qizilqumgacha” kitobini nashr ettirdi. Ella Mayyarning o‘zi aytganidek, “Men zarurat bo‘yicha jurnalist, kasbim bo‘yicha esa fotograf bo‘lganman”, deya ijtimoiy-siyosiy hayotda katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir paytda u ulkan tajribaning guvohi bo‘ldi.

Sayyor ko‘rgazmaning birinchi bekati O‘zbekistondagi ikki Shveytsariya kunlari (07.11.-10.11.2023) doirasida bo‘lib o‘tadi. Keyingi bekatlar 2024-yilda Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘ladi.

Ko‘rgazma kuratori: Shaxnoza Karimbaboeva, Photo Elysee — Lozannadagi (Shveytsariya) zamonaviy fotografiya muzeyi va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda.

Kirish bepul.