Anons
Anhor Park Mall`da “Sharqona bozor”
E’lon qilingan sana: · 57
Anhor Park Mall`da “Sharqona bozor” nomli ko’rgazma-yarmarka bo’lib o’tadi.
Ko’rgazmaning tematik bo’limlari:
- oʻzbek milliy buyumlari: qoʻgʻirchoqlar, kiyimlar, shaxmat;
- uy va interyer uchun buyumlar: panno, yostiqlar, vazalar, xushbo’y hid taratuvchi shamlar, mato gullar;
- kosmetik mahsulotlar;
- suvenirlar, sovg’alar, o’yinchoqlar, kalit halqalar;
- zargarlik buyumlari;
- tabiiy charm mahsulotlari: rasmlar, sumkalar, poyabzallar, kamarlar, hamyonlar, hujjat muqovalari, fotoalbomlar;
- tabiiy yog’ochdan tayyorlangan buyumlar: stollar, stullar, lampalar, kitob ushlagichlari, qutilar, narda va shaxmat.
- gullardan iborat kompozitsiyalar: gulli o’yinchoqlar va savatlar;
- turli xil aksessuarlar.
Ko’rgazma davomida mahorat darslari o’tkaziladi:
- kulolchilik san’ati;
- vitrajlarni bo’yash;
- o’yinchoqlar to’qish;
- epoksid smoladan bezaklar yasash;
- sopol idishlarni bo’yash;
- xina bo’yash;
- 3D rasm chizish.
Kirish bepul.
Mahorat darslarida ishtirok etish: 35 000 dan 180 000 gacha.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 93 396−78−76, (+998) 77−018−3000.
- Sana7-oktabr
- Sana8-oktabr