Anons

CAEx Mebel & Décor 2023 ko‘rgazma-yarmarkasi

E’lon qilingan sana· 68
CAEx Mebel & Décor 2023 ko‘rgazma-yarmarkasi

CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazida CAEx Mebel & Décor 2023 ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

CAEx Mebel & Décor 2023 ko‘rgazma-yarmarkasi yakuniy iste’molchi bilan biznes aloqalarining yangi formatini taqdim etadi. Ko’rgazma B2B va B2C formatlariga qaratilgan bo’lib, ko’rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Idishlar, gilamlar, interyer mebellari, yumshoq mebellar, bezak buyumlari, landshaft yechimlari — bularning barchasini yarmarkada topish va jozibador narxlarda xarid qilish mumkin.

Ko‘rgazma doirasida ishlab chiqaruvchilarning yangi ishlanmalari, texnologiyalari va yangiliklari bilan tanishish hamda professionallar uchun ham, keng auditoriya uchun ham ko‘plab qiziqarli g‘oyalarga ega bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kirish bepul.

Havola orqali ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

Ko’rgazma kunlarida shaharning ma’lum nuqtalaridan tashrif buyuruvchilarni olib, ko’rgazma markaziga yetkazadigan avtobuslar ishlaydi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−113−3333.

  • Sana
    22dan 24-sentabrgacha
    Joy
    CAEx Uzbekistan
    Toshkent, Миллий бог ko‘ch., 1