“San’at – siz nimani ko‘rayotganingiz emas, balki boshqalarga nimani ko'rsata olishingizdir”: Toshkentda “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
10-iyun kuni “O‘zEkspomarkaz"ning beshinchi pavilyonida “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia loyihasi ochildi. Bu yerda oldin “Van Gog bo’lmoq” va “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” nomli ko’rgazmalar o’tkazilgan edi, bu shahar aholisi va sayyohlar orasida iliq taassurotlar qoldirdi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shu bilan to‘xtab qolmay, Toshkentni buyuk rassomlar, ularning rasmlari bilan tanishtirishda davom etmoqda. Hatto bitta seansning o’zi o’zligizni topishga, kutilmagan fikrlar va xulosalarga duch kelishingizga yordam berishi mumkin.
Ekspozitsiya bir nechta qismlardan iborat: “Impressionistlar” — mashhur badiiy yo’nalish haqida, shuningdek, “Gustav Klimt” — avstriyalik rassomning hayoti va faoliyati haqida.
Birinchi qism badiiy yo’nalishning asoschisi Eduard Mane asarlaridan boshlanadi. Tomoshabin asta-sekinlik bilan impressionizm yo’nalishiga sho’ng’iy boshlaydi, ustalarning asarlarida turli xil belgilar, ijodkorlarning asosiy xususiyatlarini kashf qilishadi.
Eduard Mane, Klod Mone, Edgar Degas, Ogyust Renuar, Anri de Tuluza-Lotrek va Anri Russo — bu rassomlarning asarlari multimedia proyeksiyalarida taqdim etilgan bo‘lib, ular bo‘yoqlar orqali o‘zining go‘zalligini ochib beradi va har bir detal e’tiborni o’ziga tortadi.
Ekspozitsiyaning ikkinchi qismi Gustav Klimt ijodi, hayoti va mulohazalariga bag’ishlangan. Tomoshabinlar rasmlarning har bir qismini maksimal miqyosda ko’rib chiqishadi, ba’zi obyektlar va belgilar o’rtasidagi o’xshashlikni topishadi va shu bilan modern uslubidagi ishlar qanday tuzilishga ega ekanligini tushunishadi.
Raqamli texnologiyalar va kartinalarni nafaqat devorlarda, balki polda namoyon bo’lishi tufayli tomoshabin haqiqatan ham o’zini ushbu “kichik rang-barang hayot” ning bir qismidek his qiladi.
Ko’rgazma barcha yoshdagi odamlarni birlashtiradi, jahon durdonalari haqida tasavvur yaratadi, unga tashrif buyurgan har bir kishiga ular haqida muloqot qilishga yordam beradi.
Estetik zavqning narxi — 20 000 so’m. Pensionerlar, nogironlar va talabalar uchun 50% miqdorida chegirmalar va imtiyozlar mavjud. Juma kunlari ko’rgazmaga bepul tashrif buyurish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar va maktab o’quvchilari uchun — kirish bepul.
“Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia loyihasi “O‘zEkspomarkaz"da 2023-yil 10-sentabrgacha ishlaydi. Pavilyon har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha faoliyat yuritadi. Oxirgi seans soat 19:10da boshlanadi.