Anons
“Ichki ufq: O‘zbekiston 30-yillardagi Ella Mayar suratlarida” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 72
Samarqand shahridagi Art Station galereyasida “Ichki ufq: O‘zbekiston 1930-yillarda Ella Mayar suratlarida” ko‘rgazmasi bo’lib o’tadi.
Ella Mayar shveytsariyalik sayohatchi, sportchi, fotograf va yozuvchi bo’lib, u o’z hayotini turli mamlakatlar va madaniyatlarni o’rganishga bag’ishlagan.
Ko’rgazmada Ellaning 1932-yilda O’rta Osiyo bo’ylab qilgan yetti oylik og’ir sayohati chog’ida olgan fotosuratlari namoyish etiladi. Suratlar XX asrning 30-yillaridagi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog‘iston shaharlari muhitini aks ettiradi.
Ochilish marosimi 6-iyul kuni soat 18:00da bo’lib o’tadi.
Kirish bepul.
- Sana6-iyuldan 8-oktabrgacha