Jama Adilovning rasmlar ko'rgazmasi
Hlmrdv Gallery`da o‘zbek rassomi Jama Adilovning «The door for an elephant» nomli rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Jama Odilov 1989-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Dastlab u Benkov nomidagi san’at maktabiga, dekorativ bezak fakultetiga (FRIZ) o’qishga kirgan va bir yil o’tgach u yerdan umumiy ta’lim fanlarini o’rganishni istamaganligi sababli haydaladi, shundan so’ng u bo’yoqlarga yaqinroq bo’lish uchun qurilish maydonchasiga rassom bo’lib ishga kirgan. Chunki u yerda bo’sh devorlar bo’lib, rang-barang tadqiqotlar qilish imkoniyati mavjud edi, lekin u bo’yoqlarni ortiqcha sarflagani uchun ishdan bo’shatildi.
7 yildan so’ng Jama osonlik bilan Benkov san’at maktabiga dastgoh rassomlik fakultetiga o’qishga kirib, oʻqituvchi Abdusamat Saidberdiev qo’lida tahsil oldi. U o’z dissertatsiyasining mavzusi sifatida qizil go’sht tasvirlanadigan natyurmortni tanladi. Keyinchalik u turli san’at studiyalariga ishtiyoq bilan tashrif buyurdi. Jama Odilov ko’plab, jumladan, xorijiy ko’rgazmalar ishtirokchisi.
Ko‘rgazmada rassomning 30 ga yaqin kartinalari namoyish etiladi. Ularning har biri rassomning doimiy izlanishlarini ifodalaydi.
Kirsh bepul.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 90−977−8878, (+998) 90−977−8803.
- Sana15dan 23-aprelgacha