“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro va ichki reyslarga chegirma e’lon qiladi
E’lon qilingan sana: · 960
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Oʻzbekiston shaharlaridan qator xalqaro va ichki reyslarga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bir kun davom etadigan aksiyada 16-yanvar kuni quyidagi aviareyslarga chegirma amal qiladi:
- Toshkentdan Boku, Minsk va ortga;
- Samarqanddan Moskvaga va ortga;
- Buxoro, Urganchdan Istanbulga va ortga.
Aksiya faqat bir kun — 16-yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin. Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20 foizgacha chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.