Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirmalar aksiyasini uzaytirdi

E’lon qilingan sana· 224
Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirmalar aksiyasini uzaytirdi

Silk Avia aviakompaniyasi 1-avgustdan 31-avgustgacha barcha yo‘nalishlarga chiptalar narxini pasaytirgandi. Mustaqillik kuni munosabati bilan ushbu aksiya yana uch kunga uzaytirildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, aksiya doirasida Buxoroga 223 000 so’m, Namangan va Farg‘onaga 131 000 so‘m, Samarqandga esa 157 000 so‘mga chipta sotib olish mumkin.

Aviachiptalarni aviatashuvchining rasmiy www.silk-avia.com sayti, +99855 501−2212 aloqa markazi yoki O‘zbekiston xalqaro aeroportlari kassalarida arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin.

Ma’lumotga ko’ra, ilgari amalda boʻlgan jadval boʻyicha parvozlar uchun chipta sotib olgan yoʻlovchilar oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va ularga bepul qayta bron qilish yoki toʻlovni toʻliq qaytarish taklif etiladi.