Toshkentda Classical Music Fest boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 282
Toshkentda Classical Music Fest boʻlib oʻtadi

2025-yil 22-sentabrdan 3-oktabrgacha O‘zbekiston poytaxtida Classical Music Fest in Tashkent Xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival jahon va o‘zbek mumtoz musiqa san’atining yetakchi ijrochilarini Toshkent sahnalarida birlashtiradi.

Festival dasturi:

  • Festival 22-sentabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ochilish marasimi. Pianinochi Behzod Abduraimov O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri bilan xizmat ko‘rsatgan artist Alibek Kabduraxmonov dirijyorlik qiladi.
  • 23 sentyabr, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi — “Grammy” mukofoti sovrindori Mixail Pletnev (piano) va virtuoz skripkachi Sergey Krilovning chiqishi.
  • 24-sentabr, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida — Behzod Abduraimov va Van Klibern tanlovi g‘olibi Stanislav Yudenichning konserti.
  • 27-sentyabr, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri — violonchelchi Aleksandr Chaushan, Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida. Dirijyor — Gevorg Garabekyan (Armaniston).
  • 29-sentyabr, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri — Sergey Smbatyan (Armaniston) dirijyorligidagi orkestr bilan Janubiy Koreyalik pianinochi Yekvon Sunvuning konserti.
  • 1-oktabr, “Turkiston” sanʼat saroyi — Behzod Abduraimov va skripkachi Mark Bushkov (Fransiya) ijrosi.
  • 2-oktyabr, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi — ikki karra “Grammy” sovrindori, skripkachi Maksim Vengerov va Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri konserti.
  • Festivalning finali 3-oktabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligida Davlat simfonik orkestri va skripkachi Mark Bushkov ishtirok etadi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Classical Music Fest in Tashkent festivali yilning asosiy madaniy tadbirlaridan biri bo‘lib, poytaxt aholisi va mehmonlariga jahonga mashhur san’atkorlar ijrosidagi mumtoz musiqa durdonalarini taqdim etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling