Chiroq, ovoz, Uchqun: Quyosh institutidagi musiqiy oqshom qanday oʻtdi?

15-aprel kuni Toshkent viloyatidagi Quyosh institutida yangi uchqun paydo boʻldi — Yandex Music’ning “Uchqun” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir musiqa va yangi formatlarga ochiq boʻlgan soha mutaxassislaridan tortib tinglovchilargacha hammani bir yerga yigʻdi.
Loyihaning nomi “Uchqun” deb ataladi va yangi kashfiyotlar, yulduzlar hamda iste’dodlar ramziga aylanadi. Bu Oʻzbekistonda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbus hisoblanadi.
Loyiha ishtirokchilarni nafaqat rasmiy pleylistga qo‘shish orqali, balki promo, platformada yoritish va xalqaro auditoriyaga chiqish imkoniyatini yaratishni ham o‘z ichiga oladi.
Quyosh instituti maydoni tashkilotchilar tomonidan shunchaki tanlanmagan: uchqun yorug‘lik bilan bog‘liq, Institutda esa u haqiqatan ham ko‘p. Bu yerda quyoshli atmosferasi yiliga deyarli 280 kun hukmronlik qiladi, bu esa tadqiqotchilarga deyarli tanaffussiz ishlash imkonini beradi.
Tadbir kechqurun boʻlib oʻtdi va bino fasadidagi yorugʻlik effektlari bu ob’ekt tunda ham porlashi mumkinligini isbotladi.
Yorqin sariq rangli ikatdan tayyorlangan ko‘rpachalar yozilgan supalar, mazali furshet va ichimliklar milliy koloritni yanada boyitdi.
Tadbirning rasmiy qismi mehmonlar tashrif buyurganidan bir necha soat o‘tgach boshlandi. Ungacha bo‘lgan vaqt juda tez o‘tdi: hudud bo‘ylab sayr qilish, suratlar olish, Institutning dunyoda deyarli o‘xshashi bo‘lmagan noyob arxitekturasini o‘rganish yoki ijodkorlar bilan yangi tanishuvlar uyushtirish mumkin edi.
Taqdimotda loyihaning missiyasi va ishlash mexanizmi haqida so‘zlab berildi. “Yandeks Musiqa"ning sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan “Mening to‘lqinim” tavsiya tizimi har bir tinglovchining didi va kayfiyatiga mos ravishda o‘ziga xos musiqiy oqimni shakllantiradi. Aynan shu tizim orqali yangi san’atkorlar e’tiborga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ularning eng yaxshilari esa “Uchqun"ga yo‘l oladi.
Loyiha dastlab 2022-yilda Rossiyada “Искра” nomi bilan boshlangan, keyinchalik Qozogʻistonda “ISKRA QAZAQSTAN” nomi bilan mashhur boʻlgan. Endi esa bu loyiha O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.
“Yandeks Musiqa” jamoasining fikricha, “Uchqun” bir martalik tadbir emas, balki uzoq muddatli dastur boʻlib, rivojlanib, yangi formatlar bilan toʻldiriladi. Toshkentdagi taqdimot birinchi qadam bo‘lib, undan so‘ng muntazam saralash, pleylistni kengaytirish va O‘zbekistondagi hamjamiyatini rivojlantirish ishlari olib boriladi.
Rasmiy qismdan so‘ng tomoshabinlardan musiqiy dasturdan bahramand bo‘lishi uchun orqaroqqa siljish so‘raldi.
Yorqin geliokonsentrator va ijrochilarning har bir treki uchun yaratilgan kompyuter animatsiyasidan iborat effektlarga boy fon bilan jihozlangan uch metrli sahnaga alohida e’tibor qaratildi.
Tungi Quyosh instituti kunduzgiga qaraganda yorqinroq edi: ulkan quyosh obyekti sofitlar va projektorlar palitrasi bilan shunchalik yorqin nur sochardiki, go‘yo uni hatto koinotdan ham ko‘rish imkoniyati bordek edi. Hamma narsa Quyosh qishlog‘ini yoki ikkinchi Somon yo‘lini yoritib turgan ulkan disko sharini eslatardi.
Ushbu oqshom “Uchqun” pleylistidan joy olgan Qarz, Uchitay, Kamran Rakhim, Jamshid Ximmatov va Amelis kabi o‘zbekistonlik san’atkorlarning jonli ijrosi bilan davom etdi.
Ular oʻz xitlarini ijro etdi, soʻngra xohlovchilar bilan suhbatlashdi va suratga tushdi.
Har bir chiqish zamonaviy o‘zbek estradasining rang-barangligini, jasorati, samimiyligi va yangicha ohangga intilishini namoyish etdi. Tomoshabinlar san’atkorlarni qichqiriqlar, qo‘shiq hirgoyasi va storislar orqali katta qiziqish va zavq bilan kutib oldi.
Tadbir Parkent tog‘lari o‘rtasidagi kichik sayyorani — haqiqiy musiqiy olamni eslatardi.
