Toshkentda Fransuz musiqa festivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 301
Toshkentda Fransuz musiqa festivali boʻlib oʻtadi

11−30-aprel kunlari Toshkentda ilk bor Fransuz musiqasi festivali bo‘lib o‘tmoqda. To‘qqiz kun davomida ham mahalliy, ham xorijlik san’atkorlar, umumiy 200 dan ortiq ijrochilar sahnaga chiqadi.

Xorijlik mehmonlar orasida fransuz simfonik musiqasi talqinlari bilan tanilgan dirijyor Natali Maren, virtuoz pianinochi Fransua Shaplen va Versal saroyining rasmiy organchisi Jan-Batist Robin bor. Uchalasi ham avval O‘zbekistonda chiqish qilgan va yangi dasturlar bilan qaytishmoqda.

Festivalga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga Davlat konservatoriyasi talabalari va o‘qituvchilari, Alisher Navoiy nomidagi DABT xonandalari, shuningdek, xalqaro vokal va cholg‘u tanlovlari sovrindorlari qo‘shildi.

Festival dasturi:

Festival 30=aprel kuni badiiy rahbar va bosh dirijyor Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestrining katta konsert dasturi bilan yakunlanadi.

Tashkilotchilar — Davlat konservatoriyasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Davlat simfonik orkestri.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling