Blackpink dunyo boʻylab tur e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 570
Blackpink dunyo boʻylab tur e'lon qildi

Qizlardan iborat “Blackpink” k-pop guruhi 2025-yilning iyul oyida Janubiy Koreyadan boshlab jahon gastrollarini boshlashini e’lon qildi.

Birinchi konsert Goyang shahrida boʻlib oʻtadi, shundan soʻng guruh AQSh, Kanada va Yevropada, jumladan Los-Anjeles, Chikago, Toronto, Nyu-York, Parij, Milan, Barselona va London shaharlarida chiqish qiladi. Tur 2026-yilning boshida Tokioda yakunlanadi.

Oʻzbekistonga eng yaqin shahar — Milan, u yerdagi konsertga borish boshqalaridan koʻra qulayroq boʻladi.

“Blackpink"ning qaytishi kutilmagan boʻldi, chunki a’zolar soʻnggi yillarda yakkaxon loyihalar bilan band edi. Ularning oxirgi gastrollari 1,8 million tomoshabinni jalb qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling