Simfonik orkestr, karnay-surnay, choponlar: DJ King Macarella'ning "Bayram'24" konsertidan fotoreportaj

E’lon qilingan sana· 337
Simfonik orkestr, karnay-surnay, choponlar: DJ King Macarella'ning "Bayram'24" konsertidan fotoreportaj

30-noyabr kuni Humo Arena majmuasida zamonaviy ijodkor – DJ King Macarella'ning uchinchi yakkaxon konserti boʻlib oʻtdi. Afisha.uz muharrirlari unda qatnashib, yorqin fotoreportaj tayyorladi.

Shohruh Sirojov (King Macarella) bundan oldingi konsertini “Yunusobod” sport majmuasida taqdim etgandi, ijodkor bu yil kattaroq maqsadni koʻzlab, oʻtgan galgidan 2-3 barobar katta joy – Humo Arena'ni tanladi va toʻldirishga muvaffaq boʻldi. Buni deyarli har bir musiqasini ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylantirayotganidan ham sezish qiyin emas, bu tabiiy.  

Bu yilgi konsert oldingilardan ajralib turdi: bu safar DJ jonli musiqani tanladi va dasturning dastlabki qismida u simfonik orkestr bilan chiqish qildi. Dunyoga mashhur xitlar, milliy qoʻshiqlar remiksi jonli ijro qilindi.

Macarella eski qoʻshiqlarni yoshlarbop tarzda oʻzgartirganini, ushbu mikslarga oʻynayotgan muxlislardan ham sezish mumkin. 

DJning uchinchi yakkaxon konsertiga ikkita mashhur mehmon tashrif buyurdi: birinchisi – oxirgi paytlarda qaytadan trendga chiqqan "Ne boʻldi" qoʻshigʻi muallifi Sevinch Moʻminova, ikkinchisi – "Doʻppi tikdim" ijrochisi Dilnoza Ismiyaminova. 

Necha yillar boʻlsa-da xit boʻlib kelayotgan "Ne boʻldi" ijrosini Instagram sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 

Sevinch Moʻminova ham, qoʻshiqning raqsbopligi ham hech oʻzgarmagan.

Konsertdan bir necha kun oldin Shohruh Sirojov qozogʻistonlik reper Say Mo bilan yangi duet e'lon qilgandi, ammo bu qoʻshiq dasturda sheriksiz kuylandi. 

Umuman, olganda Shohruh Sirojov muxlislarni umuman zeriktirmadi va tindirmadi, oʻrindiqli joylarga chipta sotib olgan muxlislar ham konsert davomida oʻtirmadi, hisob. 

Konsert yakunida maxsus mehmon – Shokir MillyMallyMoe chiqib, Macarella bilan konsert nomi bilan bir xil trek – "Bayram"ni ijro qildi. 

DJ King Macarella'ning uchinchi yakkaxon konsertidan tayyorlangan maxsus fotoreportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

Mirjalol Qosimov
Muallif va fotosuratchi
Mirjalol Qosimov