O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan Katta festivalning ochilish marosimi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan Katta festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturi:
- Anje Rozman — “Feniks”;
- Yakkaxon: Aleksandr Xaskin (fleyta) Qatar/Belarus;
- Gustav Maler — 5-simfoniya.
Dirijyor: O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Oʻrinbayev.
Sloveniyalik bastakor Anje Rozmanning “Feniks” asari mifologik olov qushining hayotini to‘rt bosqichda: kuldan tug‘ilishidan to qayta tug‘ilgunga qadar hikoya qiladi. Yakkaxon sifatida “The Washington Post” “noodatiy quvvat va mahoratga ega” musiqachi sifatida ta’riflagan mashhur fleytachi Aleksandr Xaskin chiqadi. Aleksandr Minskda tug‘ilgan, Moskva konservatoriyasi va Yel universitetida tahsil olgan, hozirda Qatar filarmonik orkestrining yakkaxoni hisoblanadi.
Dasturning ikkinchi qismidan Gustav Malerning 5-simfoniyasi o‘rin olgan. Jamoa jahon simfonik musiqasidagi eng murakkab va hissiyotlarga boy deya e’tirof etilgan ulug‘vor asarni ijro etadi.
Chipta narxlari: 55 000 — 110 000 soʻm.
Sotib olish uchun.
- Sana15 oktabr, 19:00