Anons
Vivaldi musiqalaridan iborat konsert
E’lon qilingan sana: · 265

“Turkiston” san’at saroyida mashhur bastakor Antonio Vivaldi asarlari Simple Music ansambli tomonidan “Yil fasllari” konsertida ijro etiladi.
“Yil fasllari” konsertlar siklini barcha davrlarning eng mashhur asarlaridan biri deb hisoblash mumkin. Koʻpchilik uchun Vivaldi nomi allaqachon ushbu kompozitsiyalar bilan bogʻliq.
Bastakor fasllar o‘zgarishi haqida shu qadar yorqin musiqalar yaratishga muvaffaq bo‘lganki, hatto uch yuz yil o‘tgan bo‘lsa ham uning asarlari butun dunyo bo‘ylab tinglanadi.
Chipta narxi: 80 000 soʻmdan 350 000 soʻmgacha.
Chiptalarni ushbu havola orqali sotib olish mumkin.
Jadval
- Turkiston13-oktabryakshanba17:00Toshkent, Chorsu maydoni, 3A