“Tamerlano” operasi premyerasi
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida “Tamerlano” operasining ilk namoyishi boʻlib oʻtadi.
“Tamerlano” operasida buyuk sarkardaning hukmdor bo‘lib, Bibixonim bilan turmush qurishidan oldingi hayoti haqida hikoya qilinadi. Voqealar markazida Amir Temur va uning raqibi Usmonli sultoni Boyazidning qizi bilan muhabbat hikoyasiga qaratilgan. Dramatik burilish bosh qahramonni qanday qilib adolatli jangchi va monarx bo‘lishni anglab yetishiga olib keladi.
Ssenografiya, liboslar, yoritish mahorati va xoreografiya mashhur Stefano Poda tomonidan tashkillashtiring. Georg Fridrih Gendel musiqasi Kirill Rihterning zamonaviy talqinida jaranglaydi.
Opera italyan tilida ijro etiladi. Muqaddima pardasini O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov tamsil etadi. Turk sultoni Boyazid chiqishini Gendel asarlarining o‘z tengqurlari safidagigi eng a’lo ijrochilaridan biri boʻlgan ispan tenori Huan Sancho, Boyazidning qizi Asteriya ishtirokidagi pardani esa soprano Veronika Kanhemi (Argentina) ijro etadi.
Gendelning eng sara asarlaridan biri hisoblangan “Tamerlano” bastakor tomonidan 1724-yilning iyul oyida 20 kun ichida yozilgan. 2024-yilda afsonaviy opera 300 yoshga to‘ladi.
Dirijyor — Alibek Kabdurahmanov.
Rejissyor yordamchisi va dramaturg — Paolo Jani Chei.
Chipta narxlari: 200 000 — 800 000 soʻm.
Sotib olish uchun.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkillashtirilmoqda.
- Sana2 oktabr, 19:00
- Sana3 oktabr, 19:00