Anons

Jordan Peterson va Mark Barton ma'ruzasi

E’lon qilingan sana· 191
Jordan Peterson va Mark Barton ma'ruzasi

“CAEx Uzbekistan” ko‘rgazma markazida psixologlar Jordan Peterson va Mark Barton ma’ruza qilishadi. Ular “Tafakkur transformatsiyasi” konferensiyasini oʻtkazadi.

Jordan Peterson — psixologiya professori va bestsellerlar muallifi, inson ruhiyati, shaxsiy oʻsishi va oʻzini oʻzi kashf etish boʻyicha chuqur tadqiqotlari bilan mashhur. Uning kitoblari va ma’ruzalari butun dunyo boʻylab millionlab odamlarga hayotning ma’nosini topishga va ichki toʻsiqlarni yengishga yordam berdi.

Mark Barton — amaliyotchi psixoterapevt va murabbiy, ruhiy salomatlik amaliyotlari va ongni oʻzgartirishga ixtisoslashgan. Uning oʻziga xos yondashuvi uygʻunlikka erishish va har bir shaxsning salohiyatini muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarishga qaratilgan an’anaviy va innovatsion usullarni oʻzida mujassam etgan.

Chipta narxlari: 300 000 dan 3 000 000 soʻmgacha .
Sotib olish uchun.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 78−113−3333, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

  • Sana
    29 avgust, 18:00
    Joy
    CAEx Uzbekistan
    Toshkent, Миллий бог ko‘ch., 1